100 yoshli Dilorom momoning shuhrati
Yangi yil ostonasida turib, 100 yoshdan oshgan tabarruk onaxon duosini olishga ne yetsin. Uzoq umr koʻrib, shuhrat qozongan va koʻksini»Shuhrat» medali bezab turgan Kasbi tumanidagi Talishbe qishlogʻilik Dilorom momo Yoʻldosheva qoʻlini duoga ochib, kirib kelayotgan 2021-yilni barakali kelishini, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon yashashini niyat qildi.

Uzoq umr koʻrishning siri haqida gap ketganda, Dilorom momo “yuragingiz toza boʻlsa, umringiz ziyoda boʻladi” dedi. Onaxon bosib oʻtgan mashaqqatli hayot yoʻli va bugungi munavvar kunlarga shukronalik xususida nevara-chevaralariga soʻzlab berishdan sira charchamaydi. Talishbe qishlogʻi ahli esa uzoq umr sohibasi — Dilorom momo bilan faxrlanishadi, doim onaxon duosini olishadi.
Yangi yil arafasida tabarruk onaxon koʻksiga “Shuhrat” medalini Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev taqib qoʻyar ekan, keksalar qancha eʼzozlansa, ularning umri shuncha uzun boʻladi, bu tabarruk insonlar bizning boyligimiz va baxtimizdir, dedi.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring