100 dan ortiq faoliyat bilan oʻzini oʻzi band qilgan holda shugʻullanish mumkin
Архив сурат
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga quyidagilar ham kiritilgan:
— qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish;
— uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
— atlas va adras toʻqish;
— mayda munchoq (biser) tikish;
— doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
— temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
— asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
— quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish;
— qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
— pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
— qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
— uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
— tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
— uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish;
— uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
— yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
— milliy taqinchoqlar yasash;
— kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
— dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring