10-noyabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga qoʻshimcha 60 ming tonna koʻmir yetkazib beriladi

19:34 31 Oktyabr 2023 Siyosat
232 0

Respublika boʻyicha reja 98 foizga bajarilgan boʻlsa-da, Andijon, Namangan va Surxondaryoda orqada qolayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Ikki hafta muddatda barcha kuch va vositalarni safarbar qilib, qozonxonalar va isitish tarmoqlarini taʼmirlash ishlarini yakunlashga topshiriq berildi.

Ijtimoiy soha muassasalarida ham eski va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonlarni yangilashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun yetarli hajmda koʻmir yetkazib berish muhimligi taʼkidlanib, 10-noyabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga qoʻshimcha 60 ming tonna koʻmir yetkazib berish topshirildi.

Ayrim hududlarda aholiga koʻmir tarqatish tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmagani, oqibatda yetkazib berilgan koʻmirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yoʻl qoʻyilayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan koʻmirning aholiga yetib borishini nazorat qilish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Yigʻilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер