1-yarim yillikda koʻchmas mulk bozorida holat qanday oʻzgardi?

17:05 03 Avgust 2022 Iqtisodiyot
777 0

Foto: Illustrativ foto

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan koʻchmas mulk bozoridagi holat tahlil qilindi.

2022-yilning 1-yarmida 126 ming dona koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirildi, bu 2021-yilning ushbu davriga (119 ming) nisbatan 6 % ga koʻp.

Toshkentda joriy yil 1-yarmida koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha tuzilgan shartnomalar soni biroz oshdi (+1%) va 37 446 tani tashkil etdi.

Oʻtgan yilning mos davrida koʻchmas mulk oldi-sotdisining 21 % i ipoteka kreditlari orqali moliyalashtirilgan boʻlsa, joriy yilda ushbu koʻrsatkich 28 % dan oshdi.

Birlamchi bozorda 45 mingga yaqin yangi uy-joylar qurib topshirilgan (oʻsish 32%).

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari 11,3% ga oshdi (birinchi chorakda 6,5%ga; ikkinchi chorakda 4,3% ga oʻsgan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер