1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasining birinchi yigʻilishi oʻtkazildi
Foto: Халқ сўзи
Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasi raisi U.Jalmenov ochdi va boshqarib bordi.
Okrug komissiyasi raisi kirish soʻzida joriy yilning 30-aprel kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish, bu borada amalga oshiriladigan tashkiliy-huquqiy ishlar hamda ushbu siyosiy jarayonni oʻtkazish tartibi bilan bogʻliq boshqa masalalarga toʻxtaldi.
Shundan soʻng yigʻilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasi raisining oʻrinbosari S.Utemuratova, komissiya kotibi M.Utepbergenovlar soʻzga chiqib, okrug komissiyalari aʼzolarining vazifalari, siyosiy jarayonning ahamiyati haqida bayonot qildi.
Yigʻilishda 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasining ish rejasi, komissiya aʼzolarining vazifalar taqsimoti va boshqa kun tartibidagi masalalar komissiya aʼzolarining ochiq ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qilindi.
Kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazuvchi 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasining Matbuot markazini tashkil qilish masalasi ham koʻrib chiqildi. Matbuot markazining tarkibi tasdiqlandi.
Referendumning ochiq-oshkora, adolatli oʻtishida ommaviy axborot vositalari ham muhim oʻrin tutadi. Okrugda Matbuot markazining tashkil etilishi siyosiy jarayonlarda mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib, jurnalist va blogerlarga tezkor axborot yetkazishda hamkorlikda ish olib borishlari taʼkidlandi va bu boradagi vazifalar belgilab olindi.
Shu kuni 1-Qoraqalpogʻiston okrug komissiyasining aʼzolariga guvohnomalar topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring