1-oktyabrdan xodimlari kamida 2 doza vaksina bilan emlanmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻxtatiladi
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
Unga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab:
tadbirkorlik va xizmat koʻrsatish subyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qatʼiy nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikati boʻlmagan taqdirda, ularning faoliyat koʻrsatishi vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring