1-noyabrdan boshlab dizel yoqilgʻisining narxi arzonlashtiriladi
Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Avval xabar berilganidek, «Oʻzbekneftgaz» AJga qarashli “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi orqali sotilayotgan neft mahsulotlarining narxini arzonlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
1-noyabrdan boshlab ushbu AYOQSHlardagi import dizel yoqilgʻisining narxi 6500 soʻmdan 6000 soʻmga arzonlashtiriladi.
“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam oʻrganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – dedi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.
AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarni @UNGPetroBot telegram kanali orqali olishingiz mumkin" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring