1 milliard soʻmlik moddiy zarar undirildi
Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 2020-yil 9-dekabrdagi qarzdor N.A.dan undiruvchi G.S. foydasiga 1 milliard 30 million 203 ming soʻm moddiy zarar undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilib, qarzdorga ixtiyoriy oʻn besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda 1 milliard 30 million 203 ming soʻm moddiy zarar pullari undiruvchi G.S.ning foydasiga undirildi va shuningdek, undiruvchi tomonidan 181 million soʻm davlat boji toʻlab berildi, shu bilan ijro ishi yurituvi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring