1-apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi

18:59 22 Fevral 2023 Siyosat
1354 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga oʻqitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish  zarurligini taʼkidladi.

Bu borada 1-apreldan «Elektron hukumat», «Biznes uchun dastur», taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan respublika  tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda koʻproq oʻtkazish lozimligi koʻrsatib  oʻtildi.

Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamgʻarmalari hisobidan sotib olinadi.

1-apreldan boshlab IT taʼlim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:

— oʻz bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir  mutaxassis uchun 25 million soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlarga esa 35 million soʻmgacha subsidiya  beriladi;

— IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamgʻarmasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning  shaxsiy plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер