Ravshan Ermatov vazir oʻrinbosari boʻldi
Foto: Tribuna.uz
OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Oʻzbekiston sport vaziriga birinchi oʻrinbosar boʻldi.
Bugun Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi oʻrinbosari sifatida tanishtirilgan. Bu lavozimda hozirgacha Oybek Qosimov faoliyat olib borayotgandi.
Ravshan Ermatov parallel tarzda OʻFA vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Ermatov 2019-yil 14-iyundan buyon OʻFA vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi. Oʻtgan yil 27-noyabrda OFKda maxsus tadbir oʻtkazilgan va unda Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlagani eʼlon qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring