Ozarbayjonda navbatdan tashqari parlament saylovlari boʻlib oʻtmoqda

13:11 09 Fevral 2020 Siyosat
881 0

Фото: РИА Новости / Айдын Октай

Ozarbayjonda soat 8:00 dan navbatdan tashqari parlament saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari oʻz ishini boshladi.

5 mln.dan koʻproq fuqaro 125 ta saylov uchastkasida ovoz beradi. Parlamentdagi 125 oʻringa 1,3 mingdan koʻproq nomzod daʼvogarlik qilmoqda, bu 2010 va 2015-yillardagi parlament saylovlaridan deyarli ikki marta koʻproqni tashkil qiladi.

Ozarbayjon qonunchiligiga koʻra, saylovlardagi ishtirokning quyi chegarasi belgilanmagan, shu sababli ular istalgan vaziyatda boʻlib oʻtgan deb topiladi.

65 mingdan koʻproq mahalliy va 850 dan koʻproq xalqaro kuzatuvchilar saylovlar borishini kuzatib borishadi. Saylovda Ozarbayjondagi barcha 19 ta partiya, jumladan, hukmron “Yangi Ozarbayjon” ishtirok etmoqda.

Xorijda ovoz berish koʻzda tutilmagan. Respublika markaziy saylov komissiyasi saylovlarning dastlabki natijalarini 9-fevral yarim tundayoq eʼlon qilishni rejalashtirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер