“Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida taʼkidlangan vazifaga muvofiq, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qayta koʻrib chiqilgan loyihasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

21:18 30.12.2025
Salom – Mohlaroyim, xayr – Gʻanisher

Odatda biz bayramning ertasi kuni bayram qilamiz. Boisi shodiyona kunlarida xizmatda boʻlib, elimiz tinch va xotirjam xursandchilik qilishi uchun kamarbasta boʻlish sharafli burchimiz hisoblanadi.

18:46 30.12.2025
Prezidentga yoʻl-transport obyektlarining qurilishi haqida axborot berildi

Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq daryosi ustidan yangi koʻprik hamda metro bekati bilan birlashtirilgan avtoturargoh barpo etish ishlarini koʻzdan kechirdi.

18:36 30.12.2025
Salomov Oʻktam Rahimovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriga oʻrinbosar boʻldi

Oʻktam Salomov ushbu tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

17:33 30.12.2025
Oltinsoy tumanida ham hokim oʻzgardi

Surxondaryo viloyati hokimi Oltinsoy tumani hokimi vazifasiga Mavlyanov Otabek Rustamovich nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

17:25 30.12.2025
Qonuniylik ustuvorligi va Konstitutsiyaviy sud masʼuliyati

Konstitutsiyaviy sud — bu davlat hokimiyati tizimida Konstitutsiyaning soʻzsiz ustuvorligini taʼminlaydigan, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotiga yoʻnalish beradigan, jamiyat taraqqiyotini huquqiy mezonlar asosida barqarorlashtiruvchi strategik institutdir. Shu maʼnoda oʻtkazilgan joriy yilning 30-dekabrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisi...

16:54 30.12.2025
Termiz tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Termiz tumani hokimi vazifasiga Qalandarov Shuxrat Iskandarovich nomzodini taklif qildi va nomzod tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

16:00 30.12.2025
Qumqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Xoliqov Farrux Omonovich nomzodi taklif etilgan. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullangan.

15:47 30.12.2025
Oʻzbekistonda 2026-yil yanvarida qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

Maʼlumotlarga koʻra, birinchi oʻn kunlikda yogʻingarchilik kuzatilishi ehtimoli past. Ikkinchi oʻn kunlikda harorat pasayib boradi. Uchinchi oʻn kunlikda respublika shimolida kechasi 15-20 darajagacha sovuq boʻlishi kutilmoqda.

15:23 30.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

14:49 30.12.2025
Sud mustaqilligi — adolatli jamiyat tayanchi

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi, sudyalarning xolis va adolatli faoliyat yuritishi huquqiy demokratik davlat barpo etishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

13:25 30.12.2025
Respublikaning 6 ta viloyatida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi

Shu munosabat bilan togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.

12:58 30.12.2025
Bayram munosabati bilan poytaxtdagi jamoat transportlari harakatiga oʻzgartirishlar kiritiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni hamda shahar avtobus yoʻnalishlari harakati rejimiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

11:23 30.12.2025
Saudiya Arabistoni Yamandagi portga hujum qildi

Bu haqda SPA axborot agentligi xabar berdi.

11:05 30.12.2025
Eronda tadbirkorlar ish tashlab, norozilik bildirishmoqda (+video)

Inflyatsiya sabab mamlakatdagi oziq-ovqat narxlari soʻnggi bir yil ichida 72 foizga, dori-darmonlar narxi esa 50 foizgacha oshgan.

10:46 30.12.2025
Britaniyalik mashhur bokschi Entoni Joshua avtohalokatga uchradi

U bilan birga mashinada boʻlganlarning ikki nafari vafot etgan.

21:13 29.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni elchisini mukofotladi

Yusuf al-Utaybiyga Oʻzbekiston – Saudiya doʻstlik va koʻp tomonlama sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni topshirildi.

18:33 29.12.2025
Ilm bilan qurollangan xalq hech qachon magʻlub boʻlmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va koʻp millatli xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqea boʻldi.

17:51 29.12.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер