Yevropa Ittifoqi Eronning yuk tashish sohasiga sanksiya kiritdi

Eron oʻzining kemasozlik kompaniyasi va boshqa tashkilotlarga nisbatan Yevropa sanksiyalarini qoralab, ular Ukraina urushida foydalanish uchun Rossiyaga ballistik raketa yuborgani haqidagi soxta daʼvolarga asoslanganini aytdi.

13:53 20.11.2024
Mask Tramp bilan birga “SpaceX” Starship raketasini uchirdi

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask oʻzining “SpaceX” raketasining oltinchi sinovini Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp bilan birga koʻrish uchun bordi.

13:48 20.11.2024
Rossiya yana Ukrainani ogohlantirdi

Rossiya Ukrainaning oʻz hududiga qarshi uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini qoʻllashi Moskvaga qarshi “Gʻarb urushining yangi bosqichi” ekanligini aytib, shunga monand javob berish bilan ogohlantirdi.

13:42 20.11.2024
Abdulla Aripov – Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga koʻrsatilgan Abdulla Aripov nomzodini koʻrib chiqdilar.

13:38 20.11.2024
Uchtepada 32 turdagi 4,6 ming quti noqonuniy tamaki Departament qoʻliga tushdi

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

12:33 20.11.2024
Uchkoʻprik mevalari eksport qilinmoqda

Qoʻqon shahridagi “Europrint” MCHJ korxonasida 400 ta ish oʻrni yaratilgan.

12:30 20.11.2024
Prezident Bosh vazir lavozimiga oʻz nomzodini maʼlum qildi

Prezident Yangi Oʻzbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qoʻyayotganini taʼkidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab boʻlmasligi qayd etildi.

12:07 20.11.2024
Parlament soʻrovi, deputat soʻroviga yuzaki yondashilishi Prezident tomonidan tanqidga uchradi

Hukumat, vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlari deputatlar tomonidan joylarda aniqlangan muammolarni hal etishda quyi palata qoʻmitalari bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishlari lozimligi taʼkidlandi.

11:53 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishiga umid bildirdi

Prezidentimiz aytilgan dolzarb vazifalarni bajarishda yangi Hukumatning Qonunchilik palatasi bilan yanada samarali hamkorlik olib borishi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

11:49 20.11.2024
Qaysi sohalar yangi Hukumatning kun tartibida turishi kerakligi maʼlum qilindi

Prezident taʼkidlaganidek, sogʻliqni saqlash, taʼlim va sportni rivojlantirish boʻyicha katta dasturlarni samarali va toʻliq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak boʻlgan asosiy vazifalardir.

11:37 20.11.2024
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng dolzarb vazifa, – Prezident

Prezident aholimiz soni koʻpayib borayotgan hozirgi sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng dolzarb vazifa boʻlib qolishini taʼkidladi.

11:33 20.11.2024
Yangi Hukumatga 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amal oshirish topshirigʻi yuklanadi

Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

11:30 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish vazifasini qoʻydi

Bu yil Sayxunobod, Uychi, Zarbdor, Gʻijduvon tumanlarida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy natijalari asosida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” kompleks dasturi qabul qilingan edi.

11:23 20.11.2024
Bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi! – Prezident

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uchun katta marralar belgilab olingan.

11:16 20.11.2024
Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha qurilgan

Prezidentimiz ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.

11:06 20.11.2024
Prezident oldin toʻliq davlat tasarrufida boʻlgan sohalar haqida gapirdi

Ayniqsa, energetika sohasida tom maʼnoda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 1,5 karra oʻsib, 83 milliard kilovatt-soatga yetgani ham buni yaqqol koʻrsatib turibdi.

11:01 20.11.2024

Yangiliklar taqvimi

Кластер