Olimlar dunyo okeanlarining sathi oʻn metrga koʻtarilishini maʼlum qilishdi

2016-yildan 2021-yilgacha iqlim oʻzgarishi sababli Grenlandiya muz qatlami kutilganidan tezroq yorilib keta boshlagan. Va uzoq vaqt davomida mavjud boʻlgan yoriqlar sezilarli darajada oʻsdi.

17:34 04.02.2025
Samarqanddagi 1126 ta mahallaga sport jihozlari topshirildi

Samarqand viloyati yoshlari bu yilgi mavsum oʻyinlarida ham faol boʻladi, degan umiddamiz.

17:33 04.02.2025
Bagʻdodda “Ayollar salomatlik markazi” ish boshladi

Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Bagʻdod tumanida yangi sport majmuasi – “Ayollar salomatlik markazi” foydalanishga topshirildi.

17:31 04.02.2025
Men Pele, Maradona hamda Messidan koʻra mukammalroqman — Ronaldu

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu oʻzini tarixdagi eng yaxshi oʻyinchi ekanligini taʼkidladi.

16:58 04.02.2025
Xitoyning AQSH kompaniyalariga qarshi tergovi va Trampning yangi nishoniga aylanayotgan Yevropa Ittifoqi

AQSHning Xitoy mahsulotlariga 10 foizlik tariflari kuchga kirgandan bir necha daqiqa oʻtib, Xitoy moliya vazirligi AQSHning koʻmir va suyultirilgan tabiiy gazi uchun 15 foiz, xom neft, qishloq xoʻjaligi uskunalari va baʼzi avtomobillar uchun 10 foizlik yigʻim joriy etishini maʼlum qildi.

16:44 04.02.2025
Dollar kursi yana rekord darajada koʻtarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

16:17 04.02.2025
Respublika ishchi guruhi xalqimiz xizmatida

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻtgan bir hafta mobaynida Qashqadaryo, Sirdaryo hamda Andijon viloyatlarining eng olis va chekka hududlarida oʻz faoliyatini davom ettirdi.

15:22 04.02.2025
Erkinjon Turdimovning Samarqanddagi matbuot kotibi Sirdaryo hokimligida ish boshladi

Manuchehr Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi.

14:34 04.02.2025
Toshkent viloyatida “daraxtkush”lar tabiatga 412 mln soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.

13:15 04.02.2025
iPhone foydalanuvchilari juda xavfli virus haqida ogohlantirildi

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bunday troyanlarni yaratuvchilarning maqsadi tegishli iboralar yordamida “qurbonlar”ning kripto hamyonlariga kirishni tiklashdir.

13:02 04.02.2025
Toshkentdan Andijonga safar vaqti 3 soatgacha qisqaradi

Jahon banki ishtirokida “Toshkent – Andijon” muqobil yoʻli loyihalashtirildi.

12:51 04.02.2025
Jizzaxdagi tugʻuruqxonadan yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi

Chaqaloq shu kunning oʻzida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida topilgan. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs protsessual tartibda qoʻlga olingan.

11:36 04.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

U bu lavozimga tayinlangunga qadar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyatida marketing va servis xizmatlari boʻyicha direktor sifatida faoliyat olib borgan.

10:56 04.02.2025
Prezident Malayziyaga jo‘nab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

10:39 04.02.2025
“Oʻzgidromet” 4-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

00:11 04.02.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер