Uchtepa tumanida kommunal toʻlovlar uchun undirilgan pullarni oʻzlashtirgan shirkatlar aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

15:26 24.11.2022
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar — deputatlar muhokamasida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.

15:24 24.11.2022
“Aeroflot” Fargʻonaga parvozlar chastotasini oshirdi

Joriy yilning 19-noyabr kunidan boshlab, Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Moskva — Fargʻona — Moskva yoʻnalishi boʻyicha yangi reysni joriy qildi. 

15:20 24.11.2022
34,2 ming quti tamaki mahsulotlari yoʻq qilindi

Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlarini keng jamoatchilik ishtirokida yoʻq qilish boʻyicha navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi.

15:11 24.11.2022
Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan taʼminlanadi

“Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–429-son, 23.11.2022-y.) qabul qilindi.

15:05 24.11.2022
Qashqadaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu tibbiy koʻrik viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda 5-sonli tergov hibsxonasi...

15:00 24.11.2022
JSST: Dunyoda qizamiq infeksiyasining keng tarqalish xavfi yuqori

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bayonotiga koʻra, dunyoda millionlab bolalar qizamiq infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida yashamoqda. Chunki koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallikka qarshi emlash qamrovi sezilarli darajada pasaygan.

14:55 24.11.2022
Toshkentda “Uzbekistan Trade Info” savdo axboroti platformasi ishga tushirildi — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga koʻra, tadbirni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Badriddin Obidov kirish soʻzi bilan ochdi.

14:48 24.11.2022
Oʻzbekistonda zamonaviy hind tibbiyot muassasasi oʻz faoliyatini boshladi

Tadbirda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Amrillo Inoyatov, “Aakash Healthcare” klinikasi boshqaruvchi direktori Ashish Chodri va boshqa mutasaddilarning nutqlari tinglandi.

14:42 24.11.2022
Joriy yilning 15-noyabr kunidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish boʻyicha arizalar olish boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shaklida (bundan buyon Akademiya) oʻqish muddati 3 yil boʻlib, bitiruvchilarga oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom hamda “leytenant” maxsus unvoni beriladi.

14:30 24.11.2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер