Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov gaz va elektr energiyasini isrof qilmaslikka chaqirdi

Muftiyning aytishicha, hukumat bu borada ahvolni yaxshilashga harakat qilmoqda, shu oʻrinda fuqarolar ham neʼmatlarni isrof qilmasligi kerak.

12:15 09.12.2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva jamoat transportida Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishga chaqiruvchi oʻzbek tilida berilgan eʼlon surati tarqalmoqda.

12:05 09.12.2022
Ismatulla Irgashev AQSHning Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenik bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida tomonlar Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni, Afgʻoniston yoʻnalishida Oʻzbekiston-Amerika muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

11:47 09.12.2022
Aholi oʻziga tegishli boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtgan yerlarni xususiylashtirish toʻlovi qisqardi

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi.

11:42 09.12.2022
Andijonda kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan dastgohlarni sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

11:04 09.12.2022
10 oyda 541 ta yuk avtomobillari eksport qilingan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

10:58 09.12.2022
Limon narxlari bir oyda oʻrtacha 18,8 % ga arzonlashgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning noyabr oyida limon narxlari oktyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 18,8 % ga arzonlashgan.

10:54 09.12.2022
Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

10:48 09.12.2022
Dunyoda koronavirusga chalinish koʻrsatkichlari 3 foiz, oʻlim holatlari esa 17 foizga kamaydi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha 2,9 millionga yaqin kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

10:22 09.12.2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер