10 oyda 541 ta yuk avtomobillari eksport qilingan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 173 taga kamaygan.
Oʻzbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston — 196 ta;
Qirgʻiz R. — 138 ta;
Tojikiston — 80 ta;
Ozarbayjon — 60 ta;
Belarus — 55 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring