“Darband” postidagi tarozi Surxondaryo viloyat hokimining qarindoshiga tegishli ekani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi “Darband” postida oʻrnatilgan tarozi viloyat hokimining qarindoshiga tegishli ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

20:30 22.10.2025
Senatda Oʻzbekistonning qator elchilari oʻz faoliyati haqida hisobot berdi

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.

19:23 22.10.2025
O‘zbekiston Prezidenti tashrif bilan Bryusselda bo‘ladi

Tashrif dasturiga muvofiq, Yevropa Ittifoqi poytaxtida ushbu birlashmaning asosiy institutlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

19:18 22.10.2025
Senat Raisi Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv oʻtkazdi.

19:14 22.10.2025
WP: Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuelaga qarshi “tajovuzkor choralar” koʻrishga ruxsat berdi

Hujjatda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni agʻdarish toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatma sifatida qayd etilmagan, biroq “bunday natijaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga ruxsat beriladi” deyiladi.

19:09 22.10.2025
Fransiyada noqonuniy muhojirlar soni 700 ming nafarga yetdi

Mamlakat ichki ishlar vaziri hukumat noqonuniy migratsiyaga qarshi faol kurash olib borayotganini taʼkidladi.

19:05 22.10.2025
Siyarto: Vengriya Putinni Xalqaro jinoiy sud orderiga asosan hibsga olmaydi

Tashqi ishlar vaziri mamlakat allaqachon Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqqani va bu sud qarorlarini tan olmasligini eslatdi.

19:03 22.10.2025
Qirgʻizistondagi yongʻinda oilaning 6 nafar aʼzosi halok boʻldi

Qoʻshnilarning qayd etishicha, oila oʻtgan yili yangi uyga koʻchgan va alohida yashay boshlagan boʻlgan.

18:21 22.10.2025
Tilga xizmat — butun millatga xizmat

Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami shukuhi kezib, yurtdoshlarimiz qalbiga ushbu ulugʻ shodiyonaning soʻnmas nafasi tobora kirib bormoqda. Xususan, tantanalar azim Toshkentda ham ayricha mehru muhabbat bilan nishonlanmoqda.

16:48 22.10.2025
Dollarning soʻmga nisbatan qiymati sezilarli darajada oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 23-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

16:07 22.10.2025
Toshkentda 29 yoshli shaxs 61 yoshli fuqaroni kaltakladi

Maʼlumotlarga koʻra, jabrlanuvchiga “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oʻng qosh sohasi shilingan jarohati” tashxisi qoʻyilgan.

15:27 22.10.2025
Sunʼiy intellekt: davlat boshqaruvi va oliy taʼlim sohalarida yangi bosqich sari qadam

Kuni kecha Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi mamlakatimizda bu soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilayotganining yana bir tasdigʻi boʻldi.

14:32 22.10.2025
“Navoiy uran”da oʻsish surʼati qariyb 140 foiz

Prezidentimizning 2022-yil 14-iyuldagi “2022 — 2030-yillarda “Navoiy uran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda uran xomashyosi ishlab chiqarishda yagona hisoblangan korxona hayotida yangi sahifa ochdi.

14:23 22.10.2025
“Har ikki tomon yetarlicha tayyorgarlik koʻrmagan” — Budapeshtda oʻtishi kutilayotgan Putin — Tramp sammitiga tayyorgarlik toʻxtatildi

Bu haqda “NBC News” jurnalisti Garret Haake Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayangan holda maʼlum qildi.

14:02 22.10.2025
Toshkentda chiqindilarni toʻplash uchun maxsus shtab tashkil etildi

Avvalroq Chiqindilarni boshqarish agentligining vazifalari belgilangandi.

12:31 22.10.2025
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida xorijlik mutaxassis dars bermoqda

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ilgʻor xorijiy tajribalarni milliy taʼlim tizimiga tatbiq etish maqsadida koʻplab xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Shunday hamkorlar qatorida Rossiya, BAA, Singapur, Filippin davlatlarining bir necha taʼlim muassasalari bor.

12:26 22.10.2025
Quvasoyning xaridorgir mevalari

Quvasoy bogʻlarida mevalar sharbatga toʻlib pishdi. Shaharning har bir hududida mevalar yigʻib-terib olinib, barakasi sarhisob qilinmoqda.

12:25 22.10.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер