Hindistonda sel va koʻchkilardan halok boʻlganlar soni 300 nafardan oshdi

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning 155 nafari sel, koʻchki, toshqin va kuchli yomgʻirlar bilan bogʻliq holatlarda qurbon boʻlgan.

11:50 26.08.2025
Oʻzbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yigʻilish yakunida biznes-forumni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha vazirlik va idoralar masʼullariga aniq topshiriqlar berildi.

11:32 26.08.2025
Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish uchun 2025-yilda 15 mlrd soʻm ajratiladi

Pullar prezidentning tegishli qarori ijrosini taʼminlash uchun davlat byudjetidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga yoʻnaltiriladi.

11:22 26.08.2025
26-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

19:55 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Maqbarada Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi, shundan soʻng davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

17:44 25.08.2025
Oʻzbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

“Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

17:10 25.08.2025
“CAFA National Cup” musobaqasi boshlanishiga 4 kun qoldi

Jennifer Lopesning konsertidan soʻng maysasi qayta tiklanmagan “Bunyodkor” stadioni bu yilgi turnir finalini qabul qila olmaydi. Hal qiluvchi oʻyin qayerda oʻtkaziladi?

16:49 25.08.2025
Prezident bir guruh davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarini mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmon imzoladi.

16:23 25.08.2025
Bayram tuhfasi: mahallalar endi yangi binoda

Istiqlolning 34-yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi Mehnatobod, Olmazor, Fayziobod va Mohiyat mahallalarining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

16:01 25.08.2025
Senatda Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha Parlament komissiyasi majlisi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 25-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

15:44 25.08.2025
“Tashabbusli byudjet”: ezgu maqsadlar ijobati

Mustaqilligimizning 34-yilligi bayrami arafasida Oʻzbekiston tumanida yangidan qurilgan hamda mukammal taʼmirdan chiqarilgan bir qator ijtimoiy obyektlar ishga tushirilmoqda.

15:38 25.08.2025
Endilikda sudlar faoliyatida sunʼiy intellekt ham qatnashadi

Bunda “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sud ishlari bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

12:28 25.08.2025
Fermer xoʻjaliklari 64,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

Joriy yilning oʻtgan davrida shu bilan bogʻliq 246 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan.

10:57 25.08.2025
Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

08:03 25.08.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir qator soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

20:20 23.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilindi

Oʻzbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan bir guruh marhum olim va ijodkorlar mukofotlandi.

20:01 23.08.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер