Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi

Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

21:33 30.12.2025
“Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida taʼkidlangan vazifaga muvofiq, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qayta koʻrib chiqilgan loyihasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

21:18 30.12.2025
Prezidentimiz Yangi Toshkentda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari har bir tashabbusda ilm-fan yutuqlariga tayanish, loyihalarda mahalliy ruhni aks ettirish, eng asosiysi, ular xalq manfaatiga xizmat qilishi lozimligini taʼkidladi.

19:47 30.12.2025
Yanvar oyining ilk haftasida qanday ob-havo boʻlishi aytildi

“Oʻzgidromet” 31-dekabrdan 7-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

18:57 30.12.2025
Samarqand viloyatida 2025-yilda 132 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etildi

Yangi yil bayrami Bulungʻur tumanidagi Kildon mahallasida yashovchi bolajonlar uchun quvonchli yangilik bilan boshlandi.

18:23 30.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi binolarining qurilishini koʻzdan kechirdi

Zamonaviy kutubxona imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish uchun xodimlar axborot texnologiyalari va xalqaro standartlarni chuqur oʻzlashtirishi zarurligiga eʼtibor qaratildi.

17:48 30.12.2025
Nurmatov Eliyor Alimovichning pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni

Nurmatov Eliyor Alimovichning pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni

16:59 30.12.2025
Qonuniylik ustuvorligi va Konstitutsiyaviy sud masʼuliyati

Konstitutsiyaviy sud — bu davlat hokimiyati tizimida Konstitutsiyaning soʻzsiz ustuvorligini taʼminlaydigan, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotiga yoʻnalish beradigan, jamiyat taraqqiyotini huquqiy mezonlar asosida barqarorlashtiruvchi strategik institutdir. Shu maʼnoda oʻtkazilgan joriy yilning 30-dekabrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi majlisi...

16:54 30.12.2025
Vatanimiz taraqqiyotini belgilaydigan strategik va maʼnaviy yoʻl xaritasi

Har yili mamlakatimiz rivojlanishining oʻziga xos yoʻlini belgilab beradigan muhim jarayonlardan biri boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anʼanaviy yillik Murojaatnomasi bu gal ham mamlakatimiz va xalqaro hamjamiyatni diqqat markazida jamladi.

16:44 30.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi

Prezidentimiz tayyor xonadonlardan biriga kirib, sharoitlar bilan tanishdi, Yangi Toshkent aholi uchun har tomonlama qulay uy-joy qurishda butun mamlakatimizga namuna va tajriba maktabi boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

16:19 30.12.2025
Qumqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Xoliqov Farrux Omonovich nomzodi taklif etilgan. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullangan.

15:47 30.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yangi binosini borib koʻrdi

Davlatimiz rahbari dastlab yer osti avtoturargohi va piyodalar oʻtish yoʻlagini barpo etish ishlarini koʻzdan kechirdi.

15:27 30.12.2025
Oʻzbekistonda 2026-yil yanvarida qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

Maʼlumotlarga koʻra, birinchi oʻn kunlikda yogʻingarchilik kuzatilishi ehtimoli past. Ikkinchi oʻn kunlikda harorat pasayib boradi. Uchinchi oʻn kunlikda respublika shimolida kechasi 15-20 darajagacha sovuq boʻlishi kutilmoqda.

15:23 30.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, boʻlajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

14:49 30.12.2025
Sud mustaqilligi — adolatli jamiyat tayanchi

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi, sudyalarning xolis va adolatli faoliyat yuritishi huquqiy demokratik davlat barpo etishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

13:25 30.12.2025
Respublikaning 6 ta viloyatida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi

Shu munosabat bilan togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.

12:58 30.12.2025
Toyloqda yangi tibbiyot muassasasi ish boshladi

Toyloq tumanida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi.

12:38 30.12.2025
Bayram munosabati bilan poytaxtdagi jamoat transportlari harakatiga oʻzgartirishlar kiritiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni hamda shahar avtobus yoʻnalishlari harakati rejimiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

11:23 30.12.2025
Yangi ilm maskanlari taʼlim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Toyloq tumanining “Oʻzbekiston” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 34 — maktabning 900 oʻrinli asosiy binosi 2009-yili qurilgan boʻlib, 2024-yili toʻliq rekonstruksiya qilingan.

11:14 30.12.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер