“Oʻzbekiston – 2030” — yuksak marralar strategiyasi

Navoiy shahrida xalq deputatlari viloyat Kengashi ish rejasiga muvofiq mahalliy kengashlar kotibiyatlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

14:50 22.01.2026
Masofaviy tibbiyot imkoniyatlari

Bugungi kunda raqamlashtirish jarayonlari sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ayniqsa, aholiga qulaylik yaratish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va shaffoflikni taʼminlashda elektron tibbiy xizmatlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

14:22 22.01.2026
Innovatsion material suvni tejashda qoʻl keladi

Kogon tumani hududidagi “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parkida faoliyat koʻrsatayotgan “Silk road innovation group” xorijiy korxonasida gidroizolyatsiyalangan polietilen ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

14:15 22.01.2026
Turkiya kompaniyasi Fargʻonada tibbiyot sohasi rivoji uchun investitsiya kiritadi

Ayni paytda Fargʻona tibbiyoti jahon andozalari darajasida rivojlanib, bu borada AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya kabi mamlakatlar bilan hamkorlik koʻlami tobora oshib borishiga erishilayotir.

14:13 22.01.2026
“Dargʻom” kanali boʻyida zamonaviy dam olish bogʻi barpo etilmoqda

Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan master-reja asosida Samarqand shahri boʻylab aholi dam olishi uchun qulay hordiq chiqarish maskani tashkil etish ishlari davom etmoqda.

14:05 22.01.2026
Kichkintoylar fransuz tilini oʻrganishyapti

Bolalikning ilk pallasida xorijiy tilni oʻrganishga kirishganga ne yetsin. Namangandagi bir qator bogʻchalarda fransuz tilini oʻrganish borasida tashlangan qadam ayni harakatga qanot bagʻishlaydi.

14:01 22.01.2026
Suvni tejash — kelajak talabi

Mutaxassislarning maʼlum qilishlaricha, 2050-yilga borib respublikamizda suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.

13:54 22.01.2026
“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi qanday tashkil etiladi?

Ikkinchi bosqich yakuniy natijalariga koʻra, har bir tuman (shahar)dan eng yuqori ball toʻplagan 2 nafardan nomzod tanlovning uchinchi bosqichiga oʻtkaziladi.

13:43 22.01.2026
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasi raqamlashtiriladi

“Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

13:23 22.01.2026
Oʻzbekiston Notarial palatasi: amaliyot, xalqaro tajriba va eʼtirof

22-yanvar kuni Oʻzbekiston Notarial palatasi tashkil etilganiga 6-yil toʻldi. Xoʻsh, ushbu yillar mobaynida Palataning tashkil etilishi oʻzini oqladimi?

12:43 22.01.2026
“Qor bagʻridagi Toshkent”: yana bir bor qish qiyofasiga kirgan poytaxtdan fotoreportaj

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbiri qorli Toshkent manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.

12:41 22.01.2026
Tokioda Sirdaryo viloyatining investitsiya va eksport salohiyati namoyish etilmoqda

Ayni paytda Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Tokio shahrida Yaponiyaning qator yetakchi kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

12:09 22.01.2026
“Men shunchaki bir parcha muz istayman”: Tramp Grenlandiya masalasida kuch ishlatmaslikka vaʼda berdi

Shveysariyada oʻtkazilayotgan Jahon iqtisodiy forumida nutq soʻzlagan AQSH prezidenti Grenlandiya ustidan nazoratini qoʻlga kiritish uchun harbiy kuch ishlatish niyati yoʻqligini maʼlum qildi.

12:04 22.01.2026
Qor sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin — “Toshshahartransxizmat”

Noqulay ob-havo sharoiti ayrim avtobus yoʻnalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.

11:42 22.01.2026
Piyodalarni hurmat qiling — poytaxt IIBB haydovchilarni hushyorlikka chaqirdi

Toshkentda qorli ob-havo kuzatilayotgani tufayli poytaxt IIBB yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash va mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida poytaxt aholisi va mehmonlariga murojaat qildi.

11:03 22.01.2026
Strategiyaning qishloq va suv xoʻjaligi hamda ekologiya sohalaridagi ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi

Senatorlar muhokama jarayonida iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish hamda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratishdi.

10:50 22.01.2026
PSJ futbolchisiga nisbatan jiddiy ayblov qoʻyilmoqda

U odam savdosi va noqonuniy mehnatdan foydalanganlikda ayblanmoqda.

17:43 21.01.2026
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining qishloq va suv xoʻjaligi hamda ekologiya yoʻnalishlari muhokama qilindi

Muhokamada senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, doimiy komissiya raislari, Qoʻmita Ekspertlar kengashi aʼzolari, tegishli idoralar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

17:39 21.01.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер