Zomin milliy tabiat bogʻida yongʻin sodir boʻldi
Zomin milliy tabiat bogʻida yongʻin sodir boʻldi. Holat boʻyicha FVV maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 8-avgust kuni soat 16:37da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin milliy tabiat bogʻi hududida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida zudlik bilan FVV yongʻin-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borishgan. Hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat toʻliq nazorat ostida.
Tez orada FVV matbuot xizmati tomonidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring