“Zomin burguti” hujjatli filmi suratga olindi
Kinematografiya agentligining buyrugʻiga asosan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan “Zomin burguti” nomli hujjatli filmi ishlab chiqarishga tushirildi.
Film irrigator, choʻlquvar, Mirzachoʻl choʻllarini oʻzlashtirgan jizzaxlik Sattor Usmanov tavalludining 100-yilligiga bagʻishlanadi. Film tasvirga olish ishlari Jizzax viloyatining Zomin, Arnasoy, Zarbdor tumanlari va Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanlarida boʻlib oʻtdi. Ijodiy guruh hozirgi kunda montash ishlarini boshladi.
Ssenariy muallifi Shoim Boʻtayev, rejissyor Abdusamad Salomov, operator Muhiddin Haitov, ovoz rejissyori Abduqaxxor Karimov, maslahatchi Rahmatilla Jabborov, muharrir Umida Yaxshiboyeva, film direktori Zuxra Poʻlatova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring