Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻzining Telegramʻdagi kanaliga yozib qoldirdi.
“Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi «Mehrli maktab” shifoxonasiga, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari koʻrgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.
Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak anʼanalar Oʻzbekiston bilan Ozarboyjon oʻrtasidagi munosabatlarning rivojida muhim oʻrin tutadi», deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring