JSST rahbari Xitoyni “COVID-19” bilan bogʻliq oʻlimlar haqida kam xabar berishda aybladi

23:35 11 Yanvar 2023 Dunyo
1183 0

Foto: Global Look Press

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus Xitoy tufayli koronavirusdan oʻlim darajasi past baholanayotganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, oʻtgan hafta JSST 11,500 ga yaqin oʻlim holati haqida xabar bergan. Ularning 40 foizi Amerikada, 30 foizi Yevropada va 30 foizi Gʻarbiy Tinch okeani hududida qayd etilgan.

“Xitoyda «COVID-19” bilan bogʻliq oʻlimlar toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumot berilmaganligi sababli, bu raqam, albatta, kam», deydi Gebreyesus.

Shuningdek, u barcha mamlakatlarni pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun statistik maʼlumotlarni almashishga chaqirdi.

Oʻz navbatida, JSST favqulodda vaziyatlar dasturi rahbari Mayk Rayan Xitoyda “COVID-19”dan oʻlim darajasi haqiqiy raqamlardan uzoq ekanligini taʼkidlamoqda.

Oʻtgan yilning dekabr oyi boshida Xitoy hukumati mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida “nol bagʻrikenglik” siyosatini (koronavirus sababli joriy qilingan eng qattiq choralar) yumshatishga qaror qilgan edi.

“Bloomberg” agentligi esa Xitoy Yangi yilidagi sayyohlar oqimi tufayli “COVID-19”ning haqiqiy “sunami”sini bashorat qilmoqda. Xitoy Yangi yili joriy yilning 23-yanvar sanasiga toʻgʻri kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер