JSST qachon koronavirusga qarshi ommaviy emlanish oʻtkazilishini maʼlum qildi
Illyustrativ surat
Odamlarni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash 2021-yil boshidan boshlanishi mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturining direktori Maykl Rayan aytib oʻtdi.
“Vaziyat rivojiga real baho beradigan boʻlsak, kelasi yilning birinchi yarmidan oldin odamlarni emlash boshlanmaydi”, deydi JSST mutasaddisi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir tashkilot sayyoradagi barcha insonlarni vaksina bilan taʼminlash yuzasidan ish olib bormoqda.
“Ushbu pandemiya vaksinasi boylar uchun ham, kambagʻallar uchun ham emas, u hamma uchundir”, degan Rayan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring