JSST koronavirusga qarshi vaksinalar boʻyicha yangi platformani ishga tushirdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida SOVID-19ga qarshi vaksinalar boʻyicha yangi platforma (https://www.covid19infovaccines.com/ru) yaratdi.
Mazkur veb-resursda mavzuga doir 135 ta savolga batafsil javoblar, video va audio materiallar mavjud.
Sayt tibbiyot mutaxassislari va keng aholi qatlamiga moʻljallangan va undan istalgan kishi bepul foydalana oladi. Hozircha maʼlumotlar bilan ingliz, rus, rumin, gruzin va ukrain tillarida tanishish mumkin.
Bundan tashqari, mavzuga doir barcha savol-javoblar PDF formatida jamlangan. Bu qulaylik ularni oson chop etish yoki oflayn rejimda oʻqish imkonini beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring