JSST koronavirus yuqtirganlar soni ikki baravar kamayganini maʼlum qildi
COVID-19 yangi yuqtirish holatlari soni yil boshidan beri ikki baravar kamaydi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxan Gebreyesus maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holatlari soni yanvar oyi boshidan beri deyarli ikki baravar kamaydi. Yanvarda dunyoda haftasiga besh milliondan ortiq infeksiyaning yangi yuqtirish holatlari qayd etilgan. 8-fevralda bu koʻrsatkich 2,6 millionga pasaydi. “Bu yangi shtammlar (koronavirus) paydo boʻlishiga qaramay, sogʻliqni saqlash sohasidagi choralar oʻz samarasini berayotganligini koʻrsatadi”, dedi tashkilot rahbari.
Gebreyesusning taʼkidlashicha, koronavirus bilan bogʻliq vaziyatning hozirgi tendensiyasi pandemiyani nazorat ostiga olish mumkinligiga ishonch uygʻotadi. Shuningdek, muammo hali oxirigacha hal qilinmagan va agar biron bir jabhada kurash toʻxtatilsa, holat takrorlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring