JSST Xitoydan tashqarida koronavirusga chalinganlar sonini maʼlum qildi
Foto: www.google.com
.Xitoydan tashqarida koronavirusga chalinganlar soni 1402 nafarga yetdi, deb xabar berdi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti.
JSST maʼlumotiga koʻra, bir sutka ichida koronavirusga chalinish holati 202taga oshgan.
Xitoydan tashqari yana 28 mamlakatda koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, oxirgi 24 soat ichida virus yana ikki mamlakat — Livan va Isroilga tarqalgan. Jami 11 kishi vafot etgan.
Eslatib o'tamiz, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 76 mingdan oshib ketdi, 2345 kishi vafot etdi, 20 mingdan ortiq kishi tuzaldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring