JSST: Hindistonning yoʻtal siroplaridan zaharlanish xavfi butun dunyoda davom etmoqda

11:27 19 Iyun 2023 Dunyo
715 0

JSST turli mamlakatlarda 300 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan hind yoʻtal siroplari sotuvdan olib tashlanganligi haqida ishonchli maʼlumotlarga ega emas. Yaroqlilik muddati ikki yil boʻlgan dorilarni har qanday mamlakat bozorida topish mumkin, shuningdek, ular zaharli moddalarni oʻz ichiga olgan xom ashyodan ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Shu bois, ular tomonidan halokatli zaharlanish xavfi butun dunyoda saqlanib qolmoqda, deb xabar bermoqda tashkilot vakili Reuters agentligiga.

Hozirda siroplar toʻqqizta davlatga sotilgani maʼlum, ularning oltitasi bilan dori mavjudligini kuzatish uchun bogʻlangan. JSST bu mamlakatlar nomini aytishdan bosh tortdi, chunki tergov yakunlanmagan. Reuters xabariga koʻra, hindiston yoʻtal siroplari Gambiya, Oʻzbekiston, Mikroneziya, Liberiya, Kamerun, Sharqiy Timor, Kambodja, Senegal, Filippin va Marshall orollariga yetkazib berilgan.

JSST tomonidan qoʻllab-quvvatlangan nazariyaga koʻra, 2021-yilda propilenglikol (tibbiy siroplarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ingrediyent) narxi keskin oshgani sababli, bir yoki bir nechta bunday xom ashyo yetkazib beruvchilar uni etilenglikol va dietilenglikol bilan aralashtirib, ishlab chiqaruvchilarga sotgan. Aybdorlarni topishga noaniq taʼminot zanjirlari toʻsqinlik qilmoqda.

Etilenglikol va dietilenglikol koʻpincha avtomobillar tormoz suyuqligida va inson isteʼmoli uchun moʻljallanmagan boshqa mahsulotlar uchun qoʻllaniladi, ammo vijdonsiz yetkazib beruvchilar baʼzan foyda olish uchun ularni propilenglikol bilan aralashtiradilar, deb tushuntirish berdi Reuters.

Mahsulotlari Gambiya va Oʻzbekistonda oʻlim bilan bogʻliq boʻlgan ikkita kompaniya - Maiden Pharmaceuticals va Marion Biotech Hindiston hukumati tomonidan yopildi. Indoneziyaning uchta sirop ishlab chiqaruvchisi - Yarindo Farmatama, Universal Pharmaceutical Industries, AFI Farma - litsenziyalari bekor qilindi. Yana bir kompaniya - Konimex oʻzining siroplarini sotuvdan olib tashladi.

Bundan tashqari, 2023-yilning 1-iyunidan boshlab Hindistonda yoʻtal siroplari eksport qilishdan oldin majburiy sifat nazorati joriy etildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер