JSST favqulodda foydalanish uchun yana bir vaksinaga ruxsat berdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyning “Sinofarm” kompaniyasining koronavirusga vaksinasini favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tavsiya etilgan preparatlar roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus maʼlum qilgan.
“JSST ”Sinofarm“ kompaniyasi vaksinasini koronavirusga qarshi favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilgan dorilar roʻyxatiga kiritdi”, deydi JSST rahbari.
Uning taʼkidlashicha, bu tashkilot tomonidan favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan oltinchi vaksina hisoblanadi.
Joriy yilning 30-aprelda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Amerikaning “Moderna” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun tavsiya etilganlar preparatlar roʻyxatiga kiritgani edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring