JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 5 foizga kamaydi
Foto: Illustrativ surat
Shu yil 14-20-noyabr kunlarida Yer yuzi boʻyicha 2,4 milliondan ortiq kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 7,8 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 5 foiz, oʻlimlar soni esa 13 foizga kamaygan.
Sezilarli oʻsish dinamikasi Janubi-Sharqiy Osiyo (+ 8 foiz), Janubiy va Shimoliy Amerika (+3 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. Oʻlim holatlari esa Afrika (+24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (+13 foiz) mintaqasi davlatlarida koʻpaydi.
Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:
Yaponiya — 593 ming,
Janubiy Koreya — 364 ming,
AQSH — 274 ming,
Fransiya — 186 ming,
Xitoy — 158 ming.
Eng koʻp bemorlar oʻlimi qayd etilgan davlatlar:
AQSH — 2 202,
Yaponiya — 702,
Xitoy — 476,
Fransiya — 441,
Rossiya — 430.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring