JSST “COVID-19” kelib chiqishini oʻrganishning navbatdagi bosqichi uchun takliflar tayyorlaydi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari “COVID-19”ning kelib chiqishini oʻrganishning ikkinchi bosqichini boshlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi. Bu haqda JSST vakili Fadela Shaib aytib oʻtgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Bosh direktoriga infeksiyaning kelib chiqishini oʻrganishning yangi bosqichini oʻtkazish boʻyicha taklifni tayyorlash birinchi hisobot uchun vaziyatni baholashni tayyorlagan texnik guruh tomonidan koʻrib chiqiladi. Shu oʻrinda, Shaib ehtimol boshqa mutaxassislarga murojaat qilish kerak boʻladi, deb qoʻshimcha qildi. Tadqiqot qachon oʻtkazilishi hali eʼlon qilinmagan.
Avvalroq AQSHning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini koronavirus kelib chiqishini oʻrganishning ikkinchi bosqichiga oʻtishga chaqirgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari XXR hamkasblari bilan birgalikda olib borgan birinchi tekshiruv infeksiya qayerdan kelib chiqqanligi haqidagi savolga aniq javob olishga imkon bermadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring