JSST aviakompaniyalarning emlanganlik haqida hujjat talab qilishiga qarshi chiqdi
JSST mutaxassislari xalqaro havo qatnovi uchun emlashni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishni tavsiya etmaydi.
Bu haqda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi yigʻilishi yakunlari boʻyicha bayonotda qayd etilgan.
“Emlanganlik haqida dalil talab qilinishi tengsizlik va harakat erkinligini kuchaytirishi mumkin”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Avstraliya va Yangi Zelandiya karantin talablariga amalga qilmagan holatda ikki tomonlama parvozlarni qayta tiklagan edi. Mazkur davlatlarning umumiy aholisi 30 million nafardan koʻp boʻlsada, soʻnggi oylarda ularda yangi holatlar juda kam aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring