Joze Mourinyo Turkiyaning “Fenerbahche” klubi bosh murabbiyi boʻldi
Foto: “Dailypost”
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Turkiyaning “Fenerbahche” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda turk klubining X sahifasida maʼlum qilindi.
Turkiya chempionati Mourinyoning faoliyatidagi beshinchi chempionati boʻladi. 61 yoshli mutaxassis bunga qadar “Portu”, “Benfika” (Portugaliya), “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem” (Angliya), “Real Madrid” (Ispaniya), “Inter” va “Roma” (Italiya) kabi top klublarni boshqargan.
Joriy yilning yanvar oyi oʻrtalarida “Roma”dan ishdan boʻshatilganidan beri klubsiz qolgan murabbiy Istanbul klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
Maʼlumot uchun, “Fenerbahche” milliy ligada 99 ochko bilan vitse-chempion sifatida mavsumni yakunladi. Jamoa 102 ochko toʻplagan “Galatasaroy”ga imkoniyatni boy berib, ikkinchi oʻrin bilan kifoyalandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring