Joriy yilning 10 oyi davomida 32 014 nafar xotin-qizlar himoya orderi berish orqali davlat himoyasiga olindi
Foto: “Xalq soʻzi”
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.
14 296 ta oilani yarashtirishga, 16 843 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. Nizo bartaraf etilmagan 1 444 ta oilada zoʻravon shaxslarni tuzatish dasturidan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
8 527 ta himoya orderlari boʻyicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Joriy yilning 10 oyi davomida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Joylarda ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual ishlash tartibi” joriy etildi.
Jamoatchilik vakillari xamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka tartibda ishlash orqali 24 193 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 20 265 nafari yarashtirildi.
“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida 90 336 nafar ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring