Joriy yilda tijorat banklariga 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion soʻmlik resurs yoʻnaltiriladi

16:49 05 Aprel 2023 Siyosat
1112 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida 2023-yilda:

— tijorat banklariga 31 ming oilaga uy-joy ipotekasi uchun 9 trillion soʻmlik resurs yoʻnaltirish;

— dastlabki badal uchun va foizlarni qoplashga 1,6 trillion soʻm subsidiya ajratish;

— ipoteka kreditiga resurs berish va qurilish korxonalarining aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish uchun 100 million dollar va 1 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish;

— yana 20 ming oilaga banklar hisobidan 5,7 trillion soʻm ipoteka krediti ajratilishini taʼminlash;

— 10 ming aholiga oʻzining hovlisini kengaytirish yoki qoʻshimcha qurilish qilish uchun 1,5 trillion soʻm kredit ajratish;

— Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali aholiga 5,5 mingta xonadon sotib olishlari uchun qoʻshimcha 1,7 trillion soʻm kredit resurslari yoʻnaltirish topshirildi.

Tijorat banklari balansida ipotekadan qaytishi kerak boʻlgan mablagʻlarni aktiv sifatida ishlatib, ipoteka obligatsiyasini chiqarish orqali qoʻshimcha 10 trillion soʻm resurs jalb qilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga ikki oy muddatda “Ipoteka obligatsiyasi toʻgʻrisida” qonun loyihasini kiritishga koʻrsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер