Joriy yilda quyosh elektr stansiyasi, harakatga sezgir datchik, quyosh panelli koʻcha yoritgich, quyosh suv isitish qozoni oʻrnatiladi

14:22 24 Fevral 2023 Jamiyat
565 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Tolib Rahmatov 2022-yildagi faoliyat va joriy yildagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berdi.

“Oʻztransgaz” davlat va jamiyat oldidagi majburiyatini bajarish maqsadida 2022-yilda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga jami 3 trillion 23 milliard 199 million 500 ming soʻm toʻlab berdi. Tizim korxonalarida 144 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Ishlab chiqarish jarayonlari uchun import qilinuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish doirasida 623,7 million soʻmlik 31,5 tonna elektrod ishlab chiqarilib, reja 105,9 foizga bajarildi.

Xorijiy kompaniyalar ishtirokida jalb qilingan sarmoyalar hajmi 268,7 million AQSH dollarini tashkil etdi va xorijiy investitsiya jalb etish rejasi 161 foizga bajarildi.

Respublikaning magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 2022-yili 490,8 kilometr poʻlat quvur keltirildi. Shundan 387,6 kilometri payvandlandi. 156,5 kilometr quvur rekonstruksiya qilinib, 222 kilometr yangi magistral tarmoq tortildi. 9,3 kilometr yuqori bosimli quvur tarmogʻi kapital taʼmirlandi.

Tizimda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga ham eʼtibor qaratilmoqda. Jamiyatning 17 ta obyektiga umumiy quvvati 408 kVt/soat boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi, 650 ta harakatga sezgir datchik va 2 235 ta quyosh panelli koʻcha yoritgichi oʻrnatildi.

Umumiy hajmi 30 ming 500 litr boʻlgan 157 dona quyosh suv isitish qurilmasi issiq suv taʼminotini yaxshilamoqda. Natijada 2022-yilda 865 mln kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

Bu boʻyicha ishlar 2023-yilda ham davom ettiriladi. Bu yil quvvati 2,6 MVt quyosh elektr stansiyasi, 753 ta harakatga sezgir datchiklar, 1 128 ta quyosh panelli koʻcha yoritgichlari, 35 ta quyosh suv isitish qozonlari oʻrnatiladi. Natijada 4,732 mln kVt*soat elektr energiyasini tejashga erishiladi.

Bundan tashqari, 2023-yilda magistral gaz quvurlarida aniqlangan 47 km nuqsonli qismlarni taʼmirlash;

903 km magistral gaz quvurlar quvur ichki yuzasi diagnostikasini oʻtkazish, 2 200 km magistral gaz quvurlari quvur ichki yuzasida tozalash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Oqchaloq” Kompressor stansiyasi va “Qoʻngʻirot” Kompressor stansiyasi oraligʻida diametri 1220 mm boʻlgan yangi magistral gaz quvuri qurilishi tugallanib, tizimga ulash belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер