Joriy yilda Oʻzbekiston 9 ta davlatga gilam sotgan
Foto: Arxiv surat
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 9 ta xorijiy davlatga qiymati 9,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 mln AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp gilam eksport qilgan asosiy davlatlar (AQSH dollarida):
— Qirgʻiz R. – 6,2 mln;
— Tojikiston – 935 ming;
— Ozarbayjon – 796 ming;
— Rossiya – 676 ming;
— Afgʻoniston – 299 ming;
— Qozogʻiston – 268 ming.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring