Joriy yilda xarid qilinishi rejalashtirilgan 2000 ta avtobusdan 1137 tasi yoʻlovchi tashish yoʻnalishlariga joylashtirildi
2023-yilda 56 ta yoʻlovchi tashish yoʻnalishi tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 22 ta avtobus va 36 ta yoʻnalishli taksi, jami 58 ta yangi yoʻnalish tashkil etildi.
2023-yil yanvar-iyul oylarida hududlarda norentabel boʻlgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida koʻrgan zararlari oʻrnini qoplash uchun mahalliy byudjet mablagʻlaridan 7 285,1 mln soʻm subsidiya ajratildi.
Shuningdek, shahar yoʻnalishlarida fuqarolarning ayrim toifalarini bepul tashilishi natijasida koʻrilgan zararlarni oʻrnini qoplash, shahar yoʻlovchi transportida cheklangan tariflar natijasida koʻrilgan zarar boʻyicha jami 2 777,3 mln soʻm subsidiyalar qoplab berildi.
2023-yil 1-avgust holatiga 110 ta avtobus yoʻnalishi boʻyicha brutto-shartnomalari rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring