Jomboy tumanida fuqarolar uchun ajratilgan kreditni talon-toroj qilgan MCHJ faoliyati fosh etildi

12:20 31 Mart 2021 Iqtisodiyot
1303 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.T.” MCHJ rahbari hududiy tijorat bankidan jismoniy shaxslarga issiqxona qurib berish uchun ajratilgan 105 mln soʻm kredit mablagʻini issiqxona qurib bermasdan, oʻz manfaatlariga ishlatib oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “K.T.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер