Jo Baydenda saraton kasalligi aniqlangan. Oq uy ushbu maʼlumotga izoh berdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden oʻzida aniqlangan saraton xastaligi haqida gapirar ekan, u hali davlat rahbari boʻlmaganida oʻsimtadan davolanganini nazarda tutgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi oʻrinbosari Endryu Beyts maʼlum qildi.
Amerika yetakchisining bayonotini sharhlar ekan, u The Washington Post muharriri Glenn Kesslerning maʼlumotini qayta ulashdi. Jurnalist Bayden kasallikning yangi holati haqida eʼlon qilgan, deb yozgan baʼzi ommaviy axborot vositalarining sarlavhalarini tanqid qildi.
“Baydenning tibbiy guvohnomasini tekshiring. Prezident boʻlishidan oldin uning terisida melanoma boʻlmagan oʻsmalari olib tashlangan”, deb yozadi Kessler.
“Prezident aynan shu narsani nazarda tutgan edi”, deya taʼkidlamoqda Oq uy matbuot kotibi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden Kleymont (Delaver) shahrida yashashini, uning uyi yaqinida koʻplab neftni qayta ishlash zavodlari borligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, atrof-muhitning ifloslanishi tufayli saraton kasalligiga chalingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring