Jo Bayden jahon hamjamiyatini navbatdagi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi

02:31 22 Sentyabr 2021 Dunyo
1350 0

Foto: AP

AQSH Prezidenti Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida nutq soʻzlab, jahon hamjamiyatini navbatdagi pandemiyaga birgalikda tayyorgarlik koʻrishga chaqirdi

Bayden, oʻz nutqida, bugungi kunda dunyo mamlakatlari COVID-19ni yengish va agar yuz bergudek boʻlsa navbatdagi pandemiyadan oʻzlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish zarurligini taʼkidladi.

AQSH Prezidenti, shuningdek, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolarga ham toʻxtalib oʻtdi.

Oldinroq, BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq soʻzlagani haqida xabar bergan edik.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 21-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralar boshlandi. 

BMTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib oʻtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ragʻbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Sessiya 30-sentyabrgacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер