Jo Bayden Baraka Obamani saylovda gʻalaba qozonishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi

23:01 06 May 2023 Dunyo
1008 0

Фото: Reuters

AQSH prezidenti Jo Bayden keyingi saylovlarda Barak Obamaning gʻalaba qozonishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden MSNBC telekanaliga bergan intervyusida yanglishib ketdi va Amerikaning sobiq yetakchisi Barak Obamaning keyingi saylovlarda gʻalaba qozonishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi. 

“Biz toʻrt yil avval prezident boʻlgan odamning bu saylovda gʻalaba qozonib, yana prezident boʻlishiga yoʻl qoʻya olmaymiz”, — dedi Amerika yetakchisi.

Aslida u Donald Tramp haqida gapirmoqchi boʻlgan.

Gap shundaki, Barak Obama AQSHning 44-prezidenti hisoblanadi. U 2009-yilning 20-yanvaridan 2017-yilning 20-yanvarigacha mamlakatni boshqargan.

Barak Obama prezidentlik vaqtida Jo Bayden vitse-prezident sifatida faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер