Jo Bayden badavlat amerikaliklarni soliqlarni halol toʻlashga chaqirdi

01:35 17 Sentyabr 2021 Dunyo
1027 0

Foto: AP

Badavlat amerikaliklar milliardlab dollar soliqlarni toʻlamayapti. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH iqtisodiyotiga bagʻishlangan nutqida aytib oʻtdi. Nutq Oq uyning "Youtube«dagi kanalida eʼlon qilindi.

“Men hech kimni jazolamoqchi emasman... Agar siz million yoki milliard dollar topayotgan boʻlsangiz, Xudo sizga baraka bersin. Men faqat bitta narsani soʻrayman: oʻrta sinf toifasidagi odamlar kabi soliqlarni halol toʻlang. Ammo hozir bunday boʻlmayapti”, deydi Bayden.

Baydenning taʼkidlashicha, badavlat odamlar har yili toʻlashlari kerak boʻlgan 160 milliard dollarlik soliqlardan qochmoqda.

“Tartibga solish organlari badavlat fuqarolar qancha pul topayotganini bilmaydi. Shuning uchun ular qancha soliqdan qochayotganini ayta olmaydi”, deydi AQSH Prezidenti.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yirik korporatsiyalar ham soliqlarni halol toʻlashi kerak.

AQSH prezidenti 3,5 trillion dollarlik byudjet rejasi doirasida korporativ soliq va kapital soligʻini oshirishni taklif qilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер