Jizzaxga zamonaviy avtobuslar olib kelindi
Davlatimiz rahbarining tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Jizzax shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda.
Xususan, "Jizzax Avtotrans Servis" MCHJ tomonidan 8 dona ANKAI rusumli avtobuslar olib kelindi. Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichki yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida "Jizzax orient trans" XK tomonidan 30 dona Zhong tong rusumli avtobuslari olib kelingan edi.
Joriy yil yakuniga qadar Jizzax shahriga tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan 52 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring