Jizzaxdagi daraxtlar ostini betonlashda qatnashgan fuqarolar jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻnlab daraxtlarning yer qismi betonlangani aks etgan kadrlar tarqalib, jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi. Ekologiya davlat qoʻmitasi bu borada rasmiy javob berdi.
Xabarda aytilishicha, Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan vaziyat oʻrganilganda, Mirzachoʻl tumani, Gagarin shahridagi “Xalqlar doʻstligi” koʻchasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup koʻchatlar osti “Fayz-Baraka” MCHJning trotuarlar qurilishidagi buyurtmasiga binoan betonlanganligi maʼlum boʻldi. 38 tup archa, 7 tup yasmin, 1 tup tut, 1 tup akatsiya, 1 tup olcha, 7 tup qaragʻay, 12 tup boshqa daraxtlarning barchasi betondan tozalanib, daraxtlarning poydevori suv bilan yumshatilib, tartibga keltirildi.
Mazkur holatga yoʻl qoʻygan MCHJ xodimlariga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima solingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring