Jizzaxdagi bogʻchada bolalarni kaltaklagan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

13:57 22 Iyun 2024 Jamiyat
518 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi bogʻchada tarbiyachi bolalarni shippak bilan kaltaklagani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Gʻallaorol tumanida joylashgan 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi К.М. (ayol) 13-iyun kuni oʻrta guruh tarbiyalanuvchilari xonasiga kelib, goʻyoki shoʻxlik qilgani uchun tarbiyalanuvchilar 6 yoshli Т.Д., 5 yoshli А.А. va Т.К. va 3 yoshli Э.Э.ни tanasining turli joylariga qoʻli va oyoq kiyimi bilan urgan.

DMTT tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024-yil 19-iyun sanasidan eʼtiboran egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Taʼkidlanishicha, 21-iyun kuni К.М.га nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari (qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер