Jizzaxda jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi
Jizzax viloyatida “Dolzarb — 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga aʼzo boʻlgan, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini oʻtkazishga urinayotgan shaxslarni qoʻlga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy taʼsirini oʻtkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qoʻlga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi.
Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring