Jizzaxda uyida qurol va giyohvandlik moddalari saqlayotgan erkak ushlandi
Jizzax viloyatida yashash uyida qurol va giyohvandlik moddalari saqlagan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xoʻjaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan quroldan tashqari, elektron kastet, javonda 13,8 gramm, choʻntaklarida jami 65 gramm “Marixuana” saqlayotgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring